2015-yilning 19-may kuni Bryussel shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov Belgiya Qirolligi Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi va Yevropa ishlari Vaziri Didye Reynders bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.
Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarni va O‘zbekiston—Yevropa Ittifoqi shaklidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Atroflicha fikr almashish O‘zbekiston-Belgiya muloqotini yanada chuqurlashtirish hamda unga serqirra tus berishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligini tasdiqladi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli aloqalarni, avvalo ikki davlatning ishbilarmonlar birlashmalari hamda yirik va kichik biznes vakillari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish uchun ulkan salohiyat mavjudligini ta’kidladilar.
Uchrashuvda muhokama qilingan masalalar yuzasidan tomonlar pozitsiyalarining yaqinligi va mutanosibligi qayd etildi.
Izoh (0)