Saudiya Arabistonida jallod lavozimi uchun sakkizta ish o‘rni ochildi. Bu haqda davlat fuqarolik xizmatida ishlashni istovchilarga mo‘ljallangan portaldagi e’longa asoslanib Reuters xabar bermoqda.
Nomzodlardan maxsus qobiliyatlar talab qilinmagan. E’londa aytilishicha, ularning asosiy vazifasi o‘lim jazosi hukmlarini bajarish va ba’zi qonunbuzarliklar uchun tana a’zolarini chopib tashlashdan iborat bo‘ladi. Ushbu ish uchun davlat xizmatchilariga to‘lanadigan eng kam ish haqi belgilangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni 2014-yilda o‘lim jazosi ijro etilishi bo‘yicha Xitoy va Erondan keyin uchinchi o‘rinni egallagan. To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarda esa Iroq va AQSh qayd etilgan.
Izoh (0)