“Teng imkoniyatlar” ijtimoiy markazi Qirg‘izistonda ko‘zi ojizlar va ko‘z nuri past kishilar uchun GPS tizimi bo‘yicha ilk maktabni tashkil etadi, deb xabar bermoqda “Knews.kg”.
Ushbu maktabda ko‘zi ojizlar va ko‘z nuri past odamlar shaharda oson harakatlanish imkonini beruvchi Open Street Map xaritasi va OsmAnd navigatsiya dasturining maxsus imkoniyatlaridan foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Bunday maktabni ochish g‘oyasi Jokorgu Kenesh deputati Dastan Bekeshevdan chiqqan. Qayd etilishicha, Markaziy Osiyoda yagona bo‘lmish maktabda Qirg‘iziston va Qozog‘iston fuqarolari o‘qishi mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)