Poytaxtning Olmazor tumanida yashovchi fuqaro Uchtepa tumani IIBga ariza bilan murojaat qildi, deb xabar beradi “Postda” gazetasi.
U o‘z arizasida kimdir uyining deraza panjaralarini buzib kirib, 14 turdagi zargarlik buyumlari va 4 ming 700 dollarini o‘g‘irlab ketganini bildirdi.
Olib borilgan tezkor surishtiruv-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni olmazorlik shaxs sodir etgani aniqlandi va qo‘lga olindi.
Izoh (0)