“Maxsustrans” ishlab chiqarish boshqarmasi joriy yilning 1-iyunidan boshlab Toshkent shahri aholisi, tashkilotlar, korxonalarning maishiy chiqindilari uchun to‘lov narxlarining oshirilishini ma’lum qildi. Bu haqda EK.uz xabar bermoqda.
Jismoniy shaxslardan maishiy chiqindilarning olib chiqilishi kishi boshiga bir oy uchun 2800 so‘m miqdorida belgilanadi.
Byudjet va xo‘jalik tashkilotlaridan 1 metr kub qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish qiymati 1 iyundan 33 591,4 so‘mga teng bo‘ladi.
Izoh (0)