VIII Respubika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tomonidan “Foto yoki videooqimdagi shaxsni tanish va aniqlash axborot-qidiruv tizimlarining qurilishi uslubining ishlanmasi” taqdim etiladi, deb xabar bermoqda “Telegraf.uz”.
Ushbu loyiha TATUning “Axborot xavfsizligi” kafedrasida ishlab chiqilgan bo‘lib, binoga kirish va undan chiqishda odamlar oqimlarini kuzatish maqsadida dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va undan foydalanishni nazarda tutadi.
Loyihaning amalga oshirilishi tashkilotlar va korxonalardagi odamlar, jumladan, xodimlar va notanish shaxslarni kuzatish va ularning shaxsini aniqlash imkonini beradi. Hozirda dasturning sinov versiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, aniqlash mexanizmining ta’sirchanligini oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Yarmarka “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasida o‘tkaziladi. An’anaga ko‘ra qator stendlarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarga oid korxonalar taqdim etiladi.
Izoh (0)