O‘zbekistonda dasturiy ta’minot ishlab chiqish bo‘yicha yoshlar o‘rtasida ikkinchi Best Soft Challenge — 2015 tanlovi o‘tkaziladi, deya xabar bermoqda “Mobinfo.uz”.
Tanlov uch bosqichda bo‘lib o‘tadi:
1-bosqich: 14-maydan 20-avgustgacha — ishtirokchilar ro‘yxatga olinadi;
2-bosqich: 20-avgustdan 3-sentabrgacha — dastlabki saralash o‘tkaziladi (finalchilar aniqlanadi);
3-bosqich: 7—11-sentabr — yakuniy saralash o‘tkaziladi (g‘oliblar aniqlanadi).
Tanlov elektron tijorat sohasidagi eng yaxshi yechim, ta’lim sohasidagi eng yaxshi loyiha, kompyuter, brauzer va mobil o‘yinlar ishlab chiqish kabi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi.
Izoh (0)