“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi Koreya Respublikasining Vision Care Service xalqaro tashkiloti bilan moliyaviy ko‘mak haqida kelishuv imzoladi, deya xabar bermoqda UzDaily.
Hujjat Vision Care Service delegatsiyasining 10—15-may kunlari O‘zbekistonga tashrifi doirasida imzolandi.
Vision Care Service shifokorlar delegatsiyasi O‘zbekistonga 17-mayda tashrif buyurib, 23-mayga qadar Buxoro viloyati aholisi uchun tibbiy ko‘rik tashkil qiladi. Unda oftalmologiya mutaxassislari ishtirok etadi. Ko‘rikdan o‘tganlarga shifokor tavsiyasi bilan gumanitar yordam sifatida dori-darmonlar beriladi.
Izoh (0)