O‘zbekiston Gidrometeorologiya markazi dam olish kunlari yomg‘irli bo‘lishi va havo harorati 25 darajagacha tushib ketishini prognoz qilmoqda, deb yozadi “Afisha.uz”.
Ta’kidlanishicha, shanba kuni yomg‘ir yog‘ish ehtimoli 100 foizga teng. Yomg‘ir shanba kuni taxminan kunduzgi 3 da boshlanadi. 15:00 va 18:00 oralig‘ida momaqaldiroq bo‘lib, jala quyishi kutilmoqda. Shuningdek, kuchli yomg‘ir yakshanba kuni 9—11 oralig‘ida ham kuzatilishi mumkin.
Shanba kuni kunduzi havo harorati 26—28 daraja, yakshanba kuni esa 23—25 darajani tashkil etadi.
Izoh (0)