AQSHning harakatlari tegishli vaziyatlarda Rossiyani yadroviy qurollari sonini ko‘paytirishga majbur qilishi mumkin, deya xabar bermoqda RBC.ru.
Xabar berishlaricha, bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining qurollarning tarqatilishini oldini olish va nazorat qilish masalalari departamenti direktori Mixail Ulyanov AQSHning o‘rnatilgan jangovar zaryadlar sonini uchdan biriga qisqartirish taklifini izohlash vaqtida ma’lum qilgan.
Ulyanovning so‘zlariga ko‘ra, AQSH ma’muriyatining bunday taklif bilan chiqishi sababi – ko‘rsatkichlar shu qadar pasaytirilsa, ular o‘zlarini ham, ittifoqchilarini ham himoya qila olishlarini tushunib turishibdi.
“Biz esa bunday xulosa qila olmaymiz, chunki AQSHning harakatlari natijasida bizga nisbatan mutlaqo zid omillar tug‘ilmoqa, bu omillar esa oqibatda bizni yadroviy qurol zaxiramizni yanada oshirishga undashi mumkin”, - dedi diplomat.
Avvalroq Mixail Ulyanov AQSH tomonidan yuritilayotgan siyosat yadroviy qurolni qisqartirish harakatiga to‘siq bo‘lishini aytgan edi.
Izoh (0)