AQSH ma’muriyati Misr sudi mamlakatning sobiq prezidenti Muhammad Mursiyga nisbatan o‘lim jazosini qo‘llash haqida hukm chiqargani yuzasidan “chuqur xavotirda” ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda Kommersant.ru xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, qamoqxonadan ommaviy qochish, davlatga xiyonat va xorijiy mamlakat foydasiga josuslik qilish bo‘yicha jinoyat ishlarini ko‘rib chiqqan Misr sudi Muhammad Mursiy va “Musulmon birodarlar” tashkilotining 100dan ortiq a’zosini o‘limga hukm qilgandi.
“Biz Misr qabul qilgan xalqaro majburiyatlarga va qonunchilikka zid bo‘lgan ommaviy sud va hukm o‘qish amaliyotlariga qarshi ekanligimizni yana bir bor takrorlaymiz”, - dedi AQSH Davlat departamenti vakili.
Izoh (0)