Venesuela prezidenti Nikolas Maduro muxolifatchilar mamlakatda zo‘ravonlik darajasi oshishi uchun jinoyatchilarni moliyalashtirayotganini ta’kidlab o‘tdi, deb xabar qiladi “Kommersant”.
“Menda Venesuela va Kolumbiya muxolifatlarining jinoiy to‘dalar bilan aloqadorligini isbotlovchi dalillar bor”, — dedi Maduro.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchilar muxolifatchilarning buyurtmasiga binoan mamlakatda tartibsizliklar boshlanishi uchun ma’lum bir shaxslarni o‘ldiradi hamda buning to‘lovi sifatida narkotik va pul oladi.
Venesuela prezidenti jinoiy til biriktirishlarni birinchi marta ochayotgani yo‘q. 2015-yil boshida Karakas politsiyasi Venesuela poytaxti meri, muxolifatchilarning yetakchilaridan biri Antonio Ledesmani qo‘lga olgandi. U davlat to‘ntarishiga tayyorlanishda ayblangan.
Nikolas Maduro AQShning qo‘llab-quvvatlashi ostida davlat ag‘darilishi oldini olgan. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Venesuela harbiy havo kuchlarining bir qancha ofitserlari prezident saroyiga havodan zarba berishni rejalashtirgan.
Izoh (0)