Xitoy janubidagi Guansi avtonom mintaqasida qabristonlardan birida ishchi ayol yer ostidan kelayotgan bola yig‘isini eshitib qoldi. U besh santimetrli tuproq ostidagi karton quti ichida bo‘lgan chaqaloqqa tegishli bo‘lib chiqdi, deb yozadi “Vesti.ru”.
Bolakay qabrda 8 kun o‘tkazib, karton tobut devorlaridan sizib kirgan namlik tufayli omon qolgan. Ayol chaqiruvidan keyin yetib kelgan politsiya chaqaloqning ota-onasini topishga muvaffaq bo‘ldi. Ular chor-nochor hayot kechiruvchi dehqonlar bo‘lib chiqdi.
Otaning aytishicha, u bolasi tirtiq lab bilan tug‘ilganidan uyalgan. “Bu juda yomon belgi”, — dedi erkak.
Ota-ona dastlab chaqaloqni qabristonga olib borgan va o‘sha yerda qoldirgan. Ikki kundan so‘ng ularning qarindoshlari kelib, bolakayni vafot etgan deb o‘ylab, dafn qilgan.
Ayni paytda chaqaloq mahalliy klinikalardan birida davolanmoqda, uning ahvoli barqaror deb baholanmoqda. Ota-onaga qanday jazo tayinlanishi noma’lum.
Izoh (0)