Xitoyning Shensi viloyatida avtobusning jarga qulashi oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Hodisa Syanyan shahar okrugining Chunxua nohiyasida yuz bergan. 25 kishi hodisa joyining o‘zida, yana besh kishi esa kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtda halok bo‘lgan.
Hodisa natijasida jabrlanganlarning barchasi mahalliy kasalxonaga yetkazilgan, ularning aniq soni ma’lum qilinmayapti.
Politsiya avariya yuzasidan surishtiruv-tergov ishlarini boshlab yuborgan.
Izoh (0)