O‘zbekistonlik me’morlarning loyihasi asosida Chechenistonning Shali shahrida jahondagi eng katta masjidlardan biri bunyod etilmoqda.
12news.uz’ning xabar berishicha, qurilajak masjid 20 mingdan ortiq namozxonni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi.
“Hozirgi vaqtda peshtoqlarining balandligi 36 metrga yetadigan masjidning gumbazini yopish ishlari yakuniga yetmoqda. Masjid minoralarining balandligi 64 metrga teng bo‘ladi”, - deyiladi Checheniston hukumati matbuot xizmati xabarida.
Izoh (0)