Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Facebook asoschisi Mark Sukerbergdan Ukrainada ijtimoiy tarmoqning rasmiy vakolatxonasini ochishni so‘radi. Murojaat Poroshenko tomonidan Sukerbergning Facebook’dagi sahifasiga joylashtirilgan.
Siyosatchi o‘zining ushbu so‘rovini global kompaniyalarning e’tiborini jalb qilish uchun barcha mavjud vositalardan foydalanish ehtiyoji bilan asoslagan.
Savol chop etilganidan bir soatdan kamroq vaqt ichida Sukerberg nomidan standartlashtirilgan javob qaytarilgan. Unda keyingi savol−javob 14-may kuni Tinch okeani vaqti bilan soat 04:30 da bo‘lib o‘tishi aytilgan.
Izoh (0)