Bangladesh Oliy sudi mamlakat madhiyasini telefonlarda rington sifatida o‘rnatishni taqiqlab qo‘ydi, deb xabar bermoqda “Exo Moskvi”.
Oliy sud qaroriga binoan, Bangladesh madhiyasini umuman tijorat maqsadlarida ham ishlatish mumkin emas.
Ma’lumot uchun, Bangladesh madhiyasi sifatida matni va musiqasi Rabindranat Tagorga tegishli “Mening oltin Bengaliyam” qo‘shig‘ining dastlabki o‘n qatori ishlatiladi.
Izoh (0)