Arab koalitsiyasi harbiy havo kuchlari Yaman shimoli-g‘arbidagi Saada shahriga aviazarbalar berishi oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi va yana ko‘plab odamlar jarohat oldi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Al Arabiya telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni harbiy havo kuchlari qiruvchi samolyotlari Yaman hududiga kamida 100 ta raketa uchirgan.
Qayd etilishicha, 5-may kuni xusiylar Saudiya Arabistoni janubidagi Najran shahriga artilleriya hujumi uyushtirgan. Snaryadlar Yaman chegarasidan bir necha yuz metr uzoqlikda joylashgan shahardagi maktablar, shifoxonalar, hukumat va turar-joy binolari yoniga borib tushgan. Qurbonlar va jarohatlanganlar to‘g‘risida ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)