Niderlandiyalik rassom Vinsent Van Gogning “Aliskamp” (1888-yil) kartinasi Nyu-Yorkda Sotheby’s auksion uyi tomonidan tashkil qilingan kimoshdi savdosida 66,3 million dollarga sotildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Ushbu kuzgi manzara Van Gog tomonidan Fransiyaning Arl shahrida Pol Gogen bilan yekama-yelka ishlash chog‘ida yaratilgan. Suratda Arldagi Aliskamp xiyoboni aks etgan. Uning belgilangan narxi 40 million dollarni tashkil etgan edi.
Kimoshdi savdosida shuningdek, fransiyalik Klod Monening “Suv liliyalari” kartinasi 54 million dollarga, ispaniyalik Pablo Pikassoning “Kreslodagi shinyonli ayol” rasmi 29,9 million dollarga sotildi.
Izoh (0)