Britaniyaning qachonlardir taniqli bo‘lgan Spice Girls guruhi futbolchi Devid Bekxemning tug‘ilgan kunida qayta birlashdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Gyorlz-bendning besh xonandasidan to‘rt nafari Viktoriya Bekxemning turmush o‘rtog‘i tug‘ilgan kuniga bag‘ishlab Marokashda o‘tkazilgan ziyofatda uchrashdi.
Ijtimoiy tarmoqqa joylangan fotosuratda guruhning sobiq a’zolari — Mel Si, Jeri Xolliuell, Emma Banton va Viktoriya Bekxem taniqli aktrisa Yeva Longoriya bilan quchoqlashib turgani aks etgan.
Aktrisa suratga “Men Spice Girls’ning yangi tarkibidaman” deya izoh qoldirdi.
Ziyofatga guruhning qolgan a’zosi Melani Braun kelmadi.
Eslatib o‘tamiz, 2-may kuni Devid Bekxem 40 yoshga to‘ldi.
Izoh (0)