LISTIMEI mas’uliyati cheklangan jamiyati dasturchilari B. A. Saidov va Sh.U. Zaynutdinova “Uchenik.uz” elektron kundaligini ishlab chiqdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Intellektual mulk agentligi.
Bu oddiy kundalik bo‘lib, uni endilikda bevosita uyali aloqa, SMS va internet orqali ko‘rish mumkin. Har bir sinf uchun jadvalni chop etish; o‘quvchilar bo‘yicha o‘zlashtirish statistikasi va qiyosiy jadvallar va grafiklar; maktab haqidagi axborotni nashr etish; o‘quvchi kundaligini yuritish (shu jumladan, uy vazifalari va baholar); ota-onalarni SMS va elektron pochta orqali xabardor qilish; kundalik statistika va har bir o‘quvchining darsga kelish hisobini yuritish elektron kundalikning asosiy funksional imkoniyatidir.
Mahsulot maktabda server o‘rnatilishini yoki qo‘shimcha dasturiy ta’minot sotib olinishini talab qilmaydi. Barcha ishlar internet tarmog‘i orqali o‘tadi. Barcha loyiha qatnashchilari kundalik hisobotlarga ega bo‘lish uchun faqat Internet tarmog‘iga kirish imkoniga yoki uyali aloqa vositasiga ega bo‘lishlari kerak.
Ayni vaqtda “Elektron kundalik” xizmati foydalanuvchilarni to‘rt kesimga ajratadi: o‘quvchi, ota-ona, o‘qituvchi, maktab ma’muriyati. Barcha kesimlar noyob. Ular shaxsan dasturchilar tomondan beriladigan parollar bilan himoyalangan. Har bir foydalanuvchi shaxsan o‘ziga tegishli ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega. Boshqa foydalanuvchilar ma’lumotlarini ko‘rish imkoniyati yo‘q. Masalan, ota-ona faqat o‘z farzandining bahosini ko‘rishi, o‘qituvchi esa faqat o‘zining sinflarini nazorat qilishi mumkin.
Mualliflarga mazkur dastur uchun № DGU 03043 raqamli guvohnoma berildi.
Izoh (0)