Yolg‘iz foydalanuvchilar uchun yangi qurilma o‘ylab topildi, deb xabar qiladi “Gazeta.ru”.
“Selfi-qo‘l” deb nomlangan ushbu qurilmaning mualliflari dizaynerlar Jastin Krou va Eyrik Sni hisoblanadi. Ular yaratgan qo‘lning prototipi shisha tolali materialdan tayyorlangan.
Ixtirochilarning g‘oyasiga ko‘ra, “selfi-qo‘l” boshqalarda surat muallifining do‘stlari bordek tasavvur uyg’otadi. Qurilma yaqin do‘st, qarindosh va insonning sevgan kishisi qo‘lini ifodalashi mumkin. Mualliflarning qayd etishicha, hech kim avtoportret olayotganda yolg‘iz ko‘rinishni istamaydi.
Yangi qurilma hozircha do‘konlarda sotilmayapti.
Izoh (0)