2015-yilning 28-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Yevroosiyo boshqarmasi boshlig‘i Shambhu Kumaran bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Muloqot chog‘ida turli sohalardagi ikki tomon munosabatlarining hozirgi holati hamda ilgari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Suhbat davomida O‘zbekiston−Hindiston bo‘lajak siyosiy uchrashuvlarining amaliy masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda Hindistonning Muvaqqat ishlar vakili Devinder Kumar Sharma ishtirok etdi.
Izoh (0)