2015-yilning 26-aprel tunida Toshkentdagi “Jo‘rabek” jome’ masjidida sodir bo‘lgan yong‘in borasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bayonot berdi. Bayonot quyida to‘liq keltiriladi.
2015-yilning 26-aprel kuni, tungi soat 02:00 da Toshkent shahrining Yashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, 51-uyda joylashgan “Jo‘rabek” nomli jome’ masjidining tom qismida, kuchli shamol natijasida masjid tomidan o‘tgan elektr simlarini qisqa tutashuvi oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan.Ko‘rilgan choralar natijasida, yong‘in soat 02:53 da to‘liq o‘rab olinib, soat 03:23 da batamom o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatlarida jarohat olganlar yo‘q. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilib yong‘in natijasida yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh (0)