Rossiyaning madaniy poytaxti Sankt-Peterburgda 1909—1920-yillarda Buxoro amiri Said Abdulahadxon mablag‘iga qurilgan jome’ masjid restavratsiya qilinadi, deya xabar bermoqda “Vostochniy ekspress” nashri.
Sharqiy Yevropadagi eng yirik masjidni qayta tiklash ishlariga 50 million rublga yaqin mablag‘ sarflanadi. Mablag‘ tosh va sirlangan qoplamalarni restavratsiya qilishga yo‘naltiriladi. Ishlarni 2015-yil 10-oktabrgacha yakunlash ko‘zda tutilgan.
Buxoro amiri Said Abdulahadxonning o‘zi masjid ochilishigacha yashamagan. Masjid 1913-yil 22-fevralda rasman ochilgan.
Izoh (0)