2012-yil noyabr oyidan “Buxoro neft bazasi” unitar korxonasida direktor lavozimida faoliyat olib borgan shaxs korxona bosh hisobchisi hamda “Shahrizoda-Shahina” MChJ rahbari bilan o‘zaro jinoiy til biriktirdi, deb xabar beradi “Huquq” nashri.
Qayd etilishicha, ushbu jinoiy kelishuvga ko‘ra, Davlat soliq inspeksiyasiga hisobotlar taqdim etilmay, 2012-yilda 535 million 114 ming so‘m, 2013-yil uchun esa 1 milliard 472 million 797 ming so‘m miqdoridagi soliq va majburiy to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlangan.
Ikki rahbar o‘zaro til topishib, “Buxoro neft bazasi” unitar korxonasi hamda “Shahrizoda-Shahina” MChJ o‘rtasida korxonaning “Qorako‘l” va “Ko‘kcha” filiallarida qurilish-ta’mirlash va montaj ishlarini amalga oshirish borasida shartnoma tuzgan. Mazkur hujjatga binoan 2013-yilning avgust oyidan 2014-yil iyuniga qadar amalga oshirilgan ishlar haqidagi dalolatnomalarga soxta ma’lumotlar kiritilib, 13 million 332 ming so‘mlik pul mablag‘lari talon-taroj qilingan.
Yuqoridagi uch shaxsning ushbu qilmishlarini fosh etish jarayonida ular avval ham bir necha bor sud qilingani ma’lum bo‘ldi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyat sudi huquqbuzarlarning jinoyatiga yarasha jazo tayinladi.
Izoh (0)