Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Hindiston sharqidagi Bihar shtatida yuz bergan bo‘ron oqibatida 30dan ortiq odam halok bo‘ldi, 80dan ortig‘i tan jarohati oldi. Bu haqda Newskaz.ru xabar bermoqda.

Foto: Newskaz.ru

Foto: Newskaz.ru

“Seshanba kuni oqshomda Biharning uchta tumaniga yopirilgan bo‘ron natijasida 32 kishi halok bo‘ldi, 80dan ortig‘i tan jarohati oldi”, - dedi tabiiy ofatlarni bartaraf etish mahalliy boshqarmasi bosh kotibi.

Shtat ma’muriyati tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan ikki tumanda qutqaruv operatsiyasini boshlagan, shuningdek, halok bo‘lgan shaxslarning oila a’zolariga 400 ming rupiy (taxminan 6,5 ming dollar) miqdorida kompensatsiya puli to‘lanishini ma’lum qilgan.

Shtat bosh vaziri Nitish Kumar tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan hududlarni havodan kuzatgan va vaziyatni shaxsiy nazorati ostiga olgan, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Hindistonda voyaga yetmagan qizlarga uylanishda ayblanib, 2 mingdan ortiq erkak hibsga olindi
Dunyo
AQSH harbiylari mamlakat osmonida uchayotgan Xitoy sharini urib tushirdi. Pekin norozilik bildirdi (video)
Dunyo
“Putin menga Zelenskiyni o‘ldirmaslikka va’da bergan” — Isroil sobiq bosh vaziri Bennet Rossiya prezidenti bilan suhbati haqida gapirib berdi