Gallup tomonidan tuzilgan dunyo yetakchilarini ma’qullash reytingida Rossiya oxirgi o‘rinni egalladi, deya xabar bermoqda Meduza.
Gallup so‘rovlari natijalariga ko‘ra, Rossiya hukumati faoliyatini 135 ta mamlakatdagi so‘rov ishtirokchilarining 22 foizigina ma’qullaydi.
Rossiya sakkiz yil davomida Gallup’ning ma’qullash reytingida so‘nggi o‘rinlarni band etib kelmoqda. 2014-yil yakunlariga ko‘ra Rossiyaning natijalari butun so‘rov tarixida eng pasti bo‘ldi. Rossiyaga ukrainaliklar eng yomon munosabatda ekanligi aniqlandi — so‘rov ishtirokchilarining atigi 5 foizi Rossiya hukumati faoliyatini ijobiy baholaydi. Bir yil oldin esa ushbu ko‘rsatkich 50 foizga teng edi.
Gallup tadqiqotlarida AQSh, Germaniya, Yevroittifoq, Xitoy va Rossiya hukumatini ma’qullash reytinglari tuziladi. 2014-yil yakunlari bo‘yicha ma’qullashning eng yuqori reytingi AQShda qayd etildi, ushbu mamlakat hukumati faoliyatini respondentlarning 45 foizi ma’qullaydi.
Izoh (0)