Isroil Falastin davlati tuzilishi imkonsiz bo‘lishi uchun vaqtni cho‘zmoqda. Bu haqda Falastin rahbari Mahmud Abbos o‘zining Rossiya xalqlar do‘stligi universitetidagi chiqishida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Xalqimiz o‘z milliy huquqlarini qo‘lga kiritish uchun, tarixiy zulmni yo‘qotish uchun kurashishda davom etmoqda. Falastinliklar xalqaro hamjamiyatdan adolatni kutishda, xalqaro jihatdan qonuniy bo‘lgan rezolyutsiyalarni, ayniqsa falastinlik qochqinlar bo‘yicha rezolyutsiyalar bajarilishini kutishda davom etyapti”, − dedi Abbos.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Falastin rivojlanishi uchun eng katta to‘siq Isroilning bosqinchilik harakatlari bo‘lmoqda. “Isroil o‘zini xalqaro huquqdan yuqori qo‘yishda va bizning yerlarimiz va muqaddas qadamjolarimizni bosib olishda davom etmoqda. Isroil manzilgohlar qurish yo‘li bilan vaqtni cho‘zib, Falastin davlati tuzilish imkoniyatini yo‘qqa chiqarishga urinyapti. Bu vaziyat o‘zgarishsiz qolishi mumkin emas. Xalqimiz uchun xalqaro himoyani ta’minlash lozim”, − deya ta’kidladi Falastin rahbari.
Izoh (0)