Hind okeanidagi Reunyon oroli yaqinida 13 yoshli fransiyalik syorfingchi Elio Kanestri akulaga yem bo‘ldi, deb xabar bermoqda The Daily Mirror.
O‘smir akulalar hujumi xavfi yuqori bo‘lganligi tufayli foydalanish uchun yopiq bo‘lgan hududda mashq qilayotgan bo‘lgan. Akula hujum qilgan vaqtda bola qirg‘oqdan 15 metrcha uzoqlikda bo‘lgan.
Nahang dastlab syorfingchining qo‘llari, oyoqlari va qornining bir qismini yulib olgan, keyin esa butun tanasini ummon qa’riga tortib ketgan.
Fransiya syorfing federatsiyasi halok bo‘lgan Kanestrining oilasiga o‘z hamdardligini izhor qilgan.
Izoh (0)