Eron Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lsa, tashkilot obro‘si oshadi, deya ShHT bosh kotibi Dmitriy Mezensev nutqidan iqtibos keltirdi “RIA Novosti”.
Avvalroq Lavrov sanksiyalari bekor qilingach, Eronda ShHTga a’zo bo‘lish uchun yaxshigina imkoniyat yuzaga kelishini aytgan edi.
“Agar Eron tashkilotga kirsa, bu uning obro‘sini ko‘tarishga, ko‘p tomonlama hamkorlik ko‘lamlarini kengaytirishga va ShHTning xalqaro kun tartibi masalalarida faol qatnashishiga xizmat qiladi”, — deya ta’kidladi ShHT bosh kotibi.
Shu bilan birga, u tashkilotning normativ bazasi BMT sanksiyalari ostida bo‘lgan davlat unga a’zo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligini qayd etdi.
Izoh (0)