KXDR yetakchisi Kim Chen In jangovar qurilmalar va raketalar uchun elektron qismlar ishlab chiqariladigan zavodga tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” Janubiy Koreyaning “Ryonxap” agentligiga tayanib.
15-aprel kuni Kim Chen Inning bobosi, mamlakatning birinchi prezidenti Kim Ir Senning tavallud kuni munosabati bilan Shimoliy Koreya o‘rta masofaga uchuvchi mobil raketasini sinovdan o‘tkazishi bilan bog‘liq ehtimoliy rejalar tufayli, bu Seulning e’tiboriga tushdi.
KXDRning “Nodon Sinmun” gazetasi 8-aprel, chorshanba kuni birinchi sahifasida Kim Chen Inning tashrifini yoritdi. U eski uskunalarni modernizatsiya qilib, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirishni hamda texnologiyalar sifatini ta’minlashni buyurdi.
Izoh (0)