Kanada hukumati 6-aprel, dushanba kuni o‘zidagi Amerikaning General Motors avtogiganti aksiyalarining barchasini sotib yubordi, deya xabar bermoqda “TASS”.
73,4 millionta qimmatli qog‘ozni Amerikaning Goldman Sachs tijorat banki sotib oldi. Oldi-sotdi narxi 3,3 milliard dollarni tashkil etdi.
CBC telekanali ma’lum qilishicha, Kanada hukumati 2015—2016-soliq yili uchun haligacha qabul qilinmagan milliy byudjet fonida bunday qarorga kelgan.
Izoh (0)