O‘zbekiston hukumati 27-martdagi qarori bilan o‘tgan yozda Toshkentning eski shahar qismida qurilgan yangi Nurafshon ko‘chasida o‘nta besh qavatli uy qurilishini tasdiqladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
To‘rtta yangi bir va uch podyezdli uylar Forobiy va Nurafshon ko‘chalari kesishuvida, yana to‘rttasi Nurafshon va Sag‘bon ko‘chalari kesishuvida, bittasi Qorasaroy va Nurafshon kesishuvida, qolgan bittasi esa Nurafshon ko‘chasida joylashadi.
Ko‘p qavatli uylarni Asaka banki, Ipoteka bank, Ipak yo‘li banki, “O‘zsanoatqurilishbank”, Milliy bank kreditlari hisobidan qurish rejalashtirilgan.
Qarorga muvofiq Toshkent shahrining eski shahar qismidagi Nurafshon, Beruniy, Zarqaynar, Sag‘bon, Saqichmon ko‘chalari va Sebzor massivi chegaralarida yakka tartibda yangi uy-joylar, boshqa imoratlar va inshootlar yoki boshqa ko‘chmas mulk qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash taqiqlanadi.
Izoh (0)