O‘zbekistondagi eng ommabop internet-nashrda ishlashni xohlaysizmi? Dunyo va O‘zbekistondagi so‘nggi yangiliklarni o‘z tengqurlaringizga muntazam yetkazishni-chi? Yoshlar bilan doim muloqotda bo‘lishni-chi?
Biz bir necha aqlli, qiziquvchan va intiluvchan yoshlarni ishga olamiz.
Bizga zo‘r jurnalist kerak!
Vazifalaringiz:
- “Daryo” internet-nashri uchun xabar va mualliflik maqolalari yozish;
- Chet el internet-nashrlari va axborot agentliklari xabarlarini tarjima qilish;
- Facebook, Twitter, “Odnoklassniki” va “Muloqot”dagi “Daryo” guruhlarini o‘zbek tilida yuritish;
- va boshqa internet-jurnalistikaga bog‘liq vazifalar.
Bizda:
- Oylik: 800 ming so‘m va undan yuqori;
- Yangi, zamonaviy kompyuter;
- Yosh, qiziqarli, xushchaqchaq jamoa;
- Bepul, mazali tushlik (bay-bay-bay);
- Ofisimiz shaharning qoq markazida (“Bunyodkor” metrosi yonginasida);
- Rasmiy mehnat shartnomasi.
Sizga qo‘yiladigan talablar:
- O‘zbek va rus (yoki ingliz) tillarini mukammal bilish;
- Lotin grafikasiga asoslangan o‘zbek yozuvini mukammal bilish;
- Yoshingiz: 20 dan 30 gacha;
- Oliy ma’lumot (universitetni bitirgan bo‘lishingiz kerak);
- Kompyuterda bemalol ishlash;
- Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati propiskasi (vaqtincha propiska ham bo‘lishi mumkin).
Qiziqdingizmi? U holda:
- Saytimizda imloviy yoki punktuatsion xato toping;
- Rezyumengizni tayyorlang (rezyume nima?)
- va rezyume@simple.uz manziliga topilgan xato va rezyumengizni jo‘nating.
Dilkash kontent-menejerni ishga olamiz
Vazifalaringiz:
- “Daryo” internet-nashri, “Muloqot” ijtimoiy tarmog‘i a’zolari bilan muloqotda bo‘lish;
- Ular savollariga javob berish;
- “Muloqot” tarmog‘i saytlari hamjamiyatlarini o‘zbek tilida yuritish;
- va boshqa kontentga bog‘liq vazifalar.
Bizda:
- Oylik: 800 ming so‘m va undan yuqori;
- Yangi, zamonaviy kompyuter;
- Yosh, qiziqarli, xushchaqchaq jamoa;
- Bepul, mazali tushlik (bay-bay-bay);
- Ofisimiz shaharning qoq markazida (“Bunyodkor” metrosi yonginasida);
- Rasmiy mehnat shartnomasi.
Sizga qo‘yiladigan talablar:
- O‘zbek va rus (yoki ingliz) tillarini mukammal bilish;
- Lotin grafikasiga asoslangan o‘zbek yozuvini mukammal bilish;
- Yoshingiz: 20 dan 30 gacha;
- Oliy ma’lumot (universitetni bitirgan bo‘lishingiz kerak);
- Kompyuterda bemalol ishlash;
- Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati propiskasi (vaqtincha propiska ham bo‘lishi mumkin).
Qiziqdingizmi? U holda:
- Bizda nima uchun ishlamoqchi ekanligingiz haqida qisqa insho yozing;
- Rezyumengizni tayyorlang (rezyume nima?)
- va rezyume@simple.uz manziliga insho va rezyumengizni jo‘nating.
“Daryo” nashri haqida
“Daryo” internet-nashri Simple Networking Solutions MChJga tegishlidir. Kompaniya 2011-yilda tashkil topgan bo‘lib, hozirda “Muloqot” ijtimoiy tarmog‘i, “Daryo” internet-nashri va boshqa saytlarni yuritadi.“Daryo” nashriga bir oyda 500 000 dan ortiq kishi tashrif buyuradi. “Daryo” O‘zbekistondagi eng ommabop onlayn-OAV bo‘lib, 2014-yil o‘tkazilgan Milliy .Uz domeni internet festivalida ushbu ko‘rsatkich alohida e’tirof etilgan.
Ana shunaqa! :)
Izoh (0)