“O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va xorijiy investorlar 2015-yilda 7,1 milliard dollarlik loyihalarni boshlaydi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Dastur neft-gaz sohasidagi korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo‘yicha 39 ta loyihani o‘z ichiga oladi.
Loyihalar umumiy qiymatining 5,1 milliard dollari xorijiy investitsiya va kreditlar, 1,14 milliard dollari o‘z mablag‘lari, 543,8 million dollari O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, 313,7 million dollari O‘zbekiston banklari kreditlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Izoh (0)