Braziliyalik afsonaviy hujumchi Ronaldo ayni vaqtda AQSh chempionati ikkinchi divizionida ishtirok etayotgan “Fort-Loderdeyl Straykers” jamoasi mutaxassislaridan biri hisoblanadi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
Ronaldo o‘z jamoasiga Lionel Messi va Krishtianu Ronalduni taklif etish orzusi borligini bildirdi.
“Men Messini sotib olish uchun cho‘ntagimdan xarajat qilishga ham tayyorman. Bizning klubimiz uchun hech qanday chegara yo‘q. Biz buyuk klubga aylanamiz!
Nima uchun Messini sotib olmaslik kerak ekan? Nima uchun Krishtianu Ronalduni sotib olmaslik kerak ekan? Bir necha yildan so‘ng, biz bu ishni amalga oshira olamiz. Iloji yo‘q narsaning o‘zi yo‘q.
AQSh – Xitoydan so‘ng futbol rivoji borasida ikkinchi o‘rinda turadi. Ko‘plab kuchli futbolchilar Floridada yashashni istaydi. Bu yerda turmush tarzi juda yuqori. Kim ham bu yerda yashashni istamas edi?” – dedi Ronaldo.
Izoh (0)