Xalqaro futbol uyushmalari federatsiyasi (FIFA) bir guruh amerikalik senatorlarning Rossiyani 2018-yilgi Jahon chempionatini o‘tkazish huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi so‘rovini rad etdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Qayd etilishicha, Respublikachilar va Demokratlar partiyalarining 13 nafar senatori FIFAga turnir Rossiya hukumatining imijini oshirishga xizmat qilishi tufayli uni o‘tkazish huquqidan mahrum qilishni so‘rab maktub yozgan.
So‘rov rad etilishini izohlagan FIFA matbuot kotibi Deliyu Fisher sport musobaqalarini boykot qilish va izolyatsiya siyosati muammolarni yechish uchun yaxshi usul emasligiga tarix guvohligini, aksincha turnirlarni o‘tkazish xalqlar o‘rtasida konstruktiv muloqot yo‘lga qo‘yilishini ta’minlashini ma’lum qilgan.
Izoh (0)