2015-yilning 31-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Oliy Majlis palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo, Adliya, Madaniyat va sport ishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, «O‘zbekturizm» milliy kompaniyasi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetlari vakillari bilan tahliliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida xabar berildi.
Suhbat chog‘ida turizm sohasi, jumladan, kadrlar tayyorlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xalqaro kelishuvlarini amalga oshirish jarayoni, shuningdek, huquqiy bazani yanada takommillashtirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)