Rossiyaning Kursk shahrida Moskvadan uchib kelgan “YuTeyr” aviakompaniyasi samolyotini kuchli shamol uchish-qo‘nish yo‘lagi chetiga chiqarib tashladi, deya xabar bermoqda Meduza.
Aeroportdagi rejadan tashqari holat 29-mart kuni 22:00 da (Toshkent vaqti bilan 00.00 da) yuz bergan.
Kursk aeroporti direktori Valeriy Stoyanov so‘zlariga ko‘ra, yo‘lovchilar muvaffaqiyatli ravishda evakuatsiya qilingan, jabrlanganlar yo‘q. Aeroport vakili ma’lum qilishicha, hodisa chog‘ida shamol tezligi soniyasiga 13 metrga teng bo‘lgan. ATR 72 samolyoti bortida 30 ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan.
Izoh (0)