Nikolya Sarkozi boshchiligidagi muxolifatchi “Xalq harakati ittifoqi” va markazchilar Fransiyadagi mintaqaviy saylovlarda ko‘pchilik ovozga ega bo‘ldi, deya xabar bermoqda Meduza.
Deyarli 100 foiz byulletenlar ko‘rib chiqilganidan keyin berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Sarkozi partiyasi va markazchilar 66 ta department kengashlarida ko‘pchilik o‘ringa ega bo‘lgan. Saylovlargacha o‘nglarda bor-yo‘g‘i 40 ta departamentda ko‘pchilik o‘rin bo‘lgan.
Vakili — Fransua Olland Fransiya prezidenti lavozimini egallab turgan Sotsialistik partiya atigi 34 ta departamentda ko‘pchilik ovozni qo‘lga kiritdi. Avvalroq so‘llar 61 ta departamentda mahalliy kengashlarni boshqarar edi.
O‘ta o‘ngchi “Milliy front” hech qaysi departamentda ko‘pchilik ovoz to‘play olmagan bo‘lsa-da, mahalliy kengashlardagi ishtirokini ancha kuchaytirishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)