Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Dnepropetrovsk viloyati gubernatori Igor Kolomoyskiyni iste’foga chiqarish haqida buyruq imzoladi, deya xabar bermoqda “Meduza”. Poroshenko saytida yozilishicha, iste’foni Kolomoyskiyning o‘zi so‘ragan.
Dnepropetrovsk viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi etib Valentin Reznichenko tayinlandi, u bir oy avval Zaporojsk viloyati gubernatoriga aylangan edi.
Igor Kolomoyskiy Ukrainaning eng boy tadbirkorlaridan biri hisoblanadi. U Dnepropetrovsk viloyatini 2014-yil martidan buyon boshqargan.
Izoh (0)