Tinchlik bo‘yicha 2006-yilgi Nobel mukofoti sovrindori 74 yoshli Muhammad Yunus Bangladesh soliq xizmatidan 1,41 million dollar qarzdor bo‘lib qoldi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Yunus o‘z soliq vakili bilan hududiy soliq boshqarmasiga 29-mart kuni kelishi kerak.
“Bu odatiy holat. U faxriy soliq to‘lovchi, uning qarzdorligi bor. U bu borada sudga murojaat qildi, biroq biz bu masalani muzokaralar orqali hal etmoqchimiz. Shuning uchun ham uni chaqirdik”, — dedi soliq vakili. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yunusning qarzdorligi daromad solig‘i emas, hadya solig‘i bilan bog‘liq.
Izoh (0)