Rossiya prezidenti buyrug‘i bilan Rustam Minnixonov 2015-yil sentabrigacha Tatariston Respublikasi rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru” Tatariston prezidenti saytiga tayanib.
“Vakolat muddatingiz tugamoqda. Shu bilan birga, so‘nggi yillarda Sizning rahbarligingiz ostida respublika namoyish qilayotgan natijalar Rossiya Federatsiyasida eng yaxshilaridan biridir. Shuning uchun Sizdan joriy yilning sentabrida bo‘lib o‘tadigan saylovlargacha vazifani bajarib turishingizni so‘rayman”, — dedi Putin Minnixonov bilan uchrashuvda.
Nashrning eslatishicha, Rustam Minnixonov Tatariston Respublikasini 2010-yil martidan buyon boshqarib kelmoqda.
Izoh (0)