Britaniyalik olimlar bundan 220 million yil avval qadimiy ko‘l va daryolarda yashagan ulkan amfibiya qoldiqlarini topdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Edinburg universiteti tadqiqotchilari ta’kidlashicha, yangi tur — Metoposaurus algarvensis avtomobildek kattalikkacha o‘sgan va baliq bilan oziqlangan.
Ushbu jonivorlar hozirgi salamandr va tritonlarga o‘xshash bo‘lgan, biroq qo‘rqmas yirtqich bo‘lgani va baliqni timsohlardek ovlagani bilan ulardan farq qilgan.
Olimlar yangi turni Portugaliya janubida joylashgan Algarvi hududida topilgan suyaklarni tadqiq etish jarayonida kashf qildi.
Metopozavrlarning katta qismi bundan 200 million yil avval, dinozavrlar yo‘qolib ketishidan ancha oldin qirilib ketgan.
Izoh (0)