Hindiston Oliy sudi Axborot texnologiyalari to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan qo‘shimchani bekor qildi, deya xabar bermoqda “Newskaz.ru”. Unga muvofiq, internetda haqoratlovchi ma’lumotni e’lon qilganlik uchun qamoq kabi jazolar ham berilar edi.
Sud qo‘shimchani “konstitutsiyaga zid” deb hisobladi va so‘z erkinligini “davlatning demokratik tuzilmasi asosi” deb atadi.
Avvalroq o‘z izohlarida salbiy fikr bildirgan, jumladan hukumat siyosatini tanqid qilgan internet foudalanuvchilar politsiya tomonidan hibsga olinishi bilan bog‘liq bir nechta vaziyatlar haqida xabarlar berilgan edi.
Izoh (0)