Qobulda 200 ga yaqin kishi ayollar huquqlari himoyasi uchun va zo‘ravonlikka qarshi namoyishlarda ishtirok etdi, deya xabar bermoqda Euronews.
Ular yaqinda Farkunda ismli 27 yoshli ayolning jazolanganidan norozi bo‘lib bosh ko‘tardi, uni o‘nlab erkaklar toshbo‘ron qilib, so‘ng murdasini yoqib yuborgan edi. Ayolni Qur’onni yoqishda ayblashgan edi, biroq 22-mart, yakshanba kuni tergov rahbari uni aybsiz deb e’lon qildi.
Yakshanba kuni Farkundaning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi. Uning qarindoshlari aytishicha, ayol uzoq vaqt ruhiy xastalikdan azob chekkan.
Izoh (0)