O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktori vazifazini vaqtincha bajaruvchi Zaynitdin G‘iyosov va uning birinchi o‘rinbosari Saidg‘ani Nasritdinov 20-mart kuni o‘z lavozimidan ozod etildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Endilikda agentlik bosh direktori vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi lavozimi Maqsud Bobojonovga topshirildi. U 2012-yildan buyon direktor o‘rinbosari lavozimini egallab kelayotgan edi.
Izoh (0)