Rossiya, Belarus va Qozog‘iston o‘rtasida valyuta ittifoqini shakllantirish haqida gapirish vaqti keldi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin aytib o‘tdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“O‘ylaymizki, kelgusida valyuta ittifoqini shakllantirish imkoniyati haqida gaplashib olish vaqti keldi”, — dedi Putin Belarus va Qozog‘iston rahbarlari ishtirokidagi uch tomonlama uchrashuv yakunlari bo‘yicha. U suhbat chog‘ida Yevrosiyo integratsiyasi masalalari ham muhokama etilganini qo‘shimcha qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “yelkadosh bo‘lib ishlay turib, tashqi moliyaviy, iqtisodiy tahdidlarga javob ko‘rsatish, bizning birgalikdagi bozorimizni himoya qilish osonroq kechadi”.
Izoh (0)