4-fevral kuni to‘rt egizakni dunyoga keltirgan tojikistonlik Gulshan Majnunovaga prezident Emomali Rahmon tomonidan uch xonali kvartira berildi, deya xabar bermoqda “News.tj”.
Poytaxt Dushanbeda joylashgan, to‘liq jihozlangan xonadonning kaliti Majnunovlar oilasiga 7-mart kuni topshirilgan.
Xabarlarga ko‘ra, Gulshan Majnunova va uning chaqaloqlari kvartira berilguniga qadar tug‘ruqxonada qolgan, chunki avvalgi uyida bolalar uchun sharoit bo‘lmagan.
Izoh (0)